Multiplikator akselerator (tezlatkich)ning neokeyns modeli.
Jamg’armalar – iste’molga sarflanmaydigan hamma resurslar.
Investitsiyalar – bu jamiyatning real kapitalini oshirishga, ya’ni ishlab chiqarish apparatini kengaytirish va modernizatsiyalashga yo‘naltiradigan iqtisodiy resurslar.
Neokeyns makroiqtisodiy tahlilda quyidagi shart qabul qilinadi:
DS=dI
bunda, DS – o‘sgan jamg‘armalar;
dI – o‘sgan investitsiyalar.
Neokeyns makroiqtisodiy modellari zarur shart sifatida investitsiyalarning jamg‘armalarga teng bo‘lishini, ya’ni jamg‘arishga ajratiladigan mablag‘larning to‘liq sarflanishini ko‘zda tutadi. Bu kattaliklarning tengsizligi Iqtisodiy muvozanatning buzilishi deb sanaladi. I ning sidan oshiqligi resurslarning investitsiya talabiga solishtirganida yetishmasligini. S ning I dan ortiqligi esa resurslarning yetarli darajada to‘liq band emasligini bildirishi kerak. Bu ma’noda iqtisodiy tartibga solishning vazifasi milliy daromadni samarali talab manbai sifatida to‘liq ishlatishga erishishdadir.
Dostları ilə paylaş: |