Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari:
naqd pullarning qadrsizlanishi: inflyatsiyani o‘sishi bilan aholining real daromadi kamayib boradi;
daromadlar va boyliklar turli sinflar o‘rtasida taqsimlanadi;
mehnatkashlarning ahvolining yomonlashgani turmushning qimmatlashgani, turmush darajasining pasaygani, ishsizlikda aks etadi, namoyon bo‘ladi. Ishsizlik mehnatkashlarning turmush darajasining pasayishini asosiy sabablaridan biridir. Yana bir sabab ish haqining qisqarishi «qashshoqlik chegarasi»ga sirg‘anib tushish hollarining 40 foizidan ortig‘i 80-yillarda ishni yo‘qotish bilan bog‘liqdir. Inflyatsiyadan keyin ishsizlikning yuqori darajasi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, inflyatsiyaning va ishsizlikning o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik qonuniyati bor. Unga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlikning o‘sishini 2 foizga oshirish kerak.
Davlat inflyatsiya bilan kurashni turli usullar bilan olib borishi kerak. Bular: pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, narxlarni chegaralash va hokazolardir.
Dostları ilə paylaş: |