To‘rtinchi dastur. Milliy valyutaning mustahkamlashning muhim sharti inflyatsiyaga qarshi siyosatning qo‘llanili-shidir. Valyutaning mo‘’tadilligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga bog‘liqdir.
Valyutaning konvertlanishi nima degani?
Valyutaning konvertlanganligi – bu milliy pul birligining qonunchilik bilan mustahkamlangan qaytimliligi, barcha xohlovchilarning uni xorijiy valyutaga davlatning almashish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvisiz almashtirish imkoniyatidir.
Bir mamlakatning valyutasi faqat ayrim valyutalargagina almashinilganida valyutaning konvertlanganligi qisman bo‘lishi mumkin. Valyuta hamma xorijiy valyutalarga almashtirilganda almashuv to‘liq bo‘lishi mumkin.
Valyutalarning o‘zaro aloqalarida valyutaning bozordagi talabi belgilaydigan suzuvchi kurslar hukmronlik qili-shadi. Suzuvchi kurslar ayrim mamlakatlar uchun savdo shart-sharoitlarini yomonlashtiradilar, tovar oqimlarini tartibga solishda qiyinchiliklar yaratadi.
Bir qator mamlakatlarda qayd etilgan valyuta kurslari saqlanib qolgan, ularda Milliy valyutaning narxi umumiy qabul qilingan standartga (ko‘pchilik hollarda bu AQSh dollari) nisbatan belgilanadi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turiladi. Bu davlat salmoqli valyuta zaxiralarga ega bo‘lishi, ularni to‘ldirib turishi va ulardan foylanishi kerakligini bildiradi. Bunda davlat, shuningdek, importni cheklash, eksportni subsidiyalashtirish, valyuta nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralarni amalga oshirishi kerak, eksportdan tushgan valyuta tushumi davlatga sotilishi majburiy bo‘lishi lozim.
Valyuta kursi fundamental iqtisodiy talab hamda takliflarning kon’yunktura omillari bilan aniqlanadigan iqtisodiy kategoriyadir. Fundamental iqtisodiy omillarga mehnat unumdorligi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, moliyaviy tizimni moslanuvchan (egiluvchan)ligi va samaradorligi, texnologiyaning va mamlakat Ishlab chiqarish resurslarining darajasi kiradi.
Aynan fundamental iqtisodiy omillar milliy Iqtisodiyotning jahon bozoridagi bazaviy raqobatga bardoshliligini belgilaydi.
Joriy valyuta kursining o‘zgarishlarining sababi valyuta bozoridagi talab va taklifning o‘zgarishidir. Valyuta kursi to‘lov balansining holatiga bog‘liqdir. Agar to‘lov balansi tanqis bo‘lsa, (xorijiy majburiyatlar bo‘yicha qo‘shma to‘lovlar valyuta mablag‘larini tushumidan ortib ketganida) unda mamlakatning valyuta zaxiralari qisqaradi. Bu davlatning to‘lov balansini salbiy saldosini qoplashi bilan bog‘liqdir. Bu vaziyat milliy valyutaning almashinuv kursining pasayishiga olib keladi. Mamlakat valyutasi almashinuv kursining pasayishi importni qimmatlashtiradi xarajatlarning inflyatsiyasi tufayli (to‘g‘rirog‘i xarajatlarga ketadigan pulning inflyatsiyaga uchrashi sababli) mamlakat iqtisodiyotida narxlar darajasining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi (yordam beradi).
Dostları ilə paylaş: |