Valyutalar pariteti – turli xil milliy pul birliklari xarid qobiliyatining har bir mamlakatda tovarlarning bir xil to‘plamini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul summalarini solishtirish asosida hisoblab chiqilgan nisbati.
Bugun valyutalar kurslarini shakllantirishning bosh omili har bir valyuta bo‘yicha talab va taklifning nisbatidir. Talab qanchalik katta bo‘lsa, bu valyutaning boshqa mamlakatlarning pul birliklariga almashish kursi shuncha ko‘p o‘sadi. Va aksincha.
O‘zbekiston o‘z Milliy valyutasiga ega. Shu munosabat bilan respublika Milliy valyutasi – so‘mni mustahkamlash bar-qarorlashtirish masalasini hal qilishi lozim. Bu fiskal darajada bo‘lganidek, tashqi sektorda ham yuzaga keladigan vaziyatga bog‘liqdir. So‘m – O‘zbekiston hududida yagona qonuniy to‘lov vositasidir. So‘mning joriy etilishi bilan respublikada o‘z fiskal, pul-kredit, iqtisodiy siyosatni yuritishning real mexanizmi paydo bo‘ldi. Respublika uning ichki konvertatsiya qilinishiga, qat’iy valyutaga erkin almashtirilishiga erishdi. Respublikada yashovchi har bir odamning farovon turmushi Milliy valyuta muomalasi (aylanish)ning barqarorligiga bog‘liqdir. Milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki konvertlanishi raqobatga bardoshli mahsulotning yetarli miqdori, zarur zaxiralar bilan ta’minlangan.
Respublikada so‘mni konvertlashtirish bo‘yicha maqsadli, kompleks to‘rtta dastur ishlab chiqilgan:
Dostları ilə paylaş: |