I. Jiddiy amallar bo‘yicha hisob-kitoblar
tovar eksporti;
tovar importi.
Tashqi savdo balansining savdosi
xizmatlar eksporti;
xizmatlar importi.
Savdo xizmatlar balansi saldosi
investitsiyalardan sof daromadlar;
sof pul o‘tkazmalari.
Joriy amallar bo‘yicha balansning saldosi
II. Kapitalning harakati
kapital eksporti;
kapital importi;
kapital harakatining balansi;
joriy amallar va kapital harakati bo‘yicha balans savdosi.
III. Rasmiy zaxiralar
Joriy amallar bo‘yicha balans va kapitallarning harakatini balansi o‘zaro bog‘liqdir.
Joriy amallar bo‘yicha to‘lov balansini tanqisligi asosan kapital harakatining hisobiga oqib keladigan kapital bilan moliyalanadi. Mamlakat joriy to‘lov balansining aktivi kapitalning sof oqib o‘tishi (tashqariga chiqarilishi) bilan birgalikda kuzatiladi.
To‘lov balansining uch tarkibiy qismining hammasi umumiy qiymatda nolni tashkil qilishi lozim. To‘lov balanslarining tanqisligi va aktivlari haqida gapirilganida joriy amallar hisoblari balansi va kapitalning harakatini nazarda tutadilar. To‘lov balansining muvozanatlashmaganligini xorijiy valyutaning rasmiy zaxiralaridan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Bu zaxiralar mamlakat banklarida joylashgan.
Rasmiy zaxiralarning o‘sishi to‘lov balansining faol (aktiv) saldosining kattaligini (hajmini) ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |