Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Hozirgi zamon sharoitlarida protensionizmning tiklanish sabablari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə161/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Hozirgi zamon sharoitlarida protensionizmning tiklanish sabablari:

 Savdoning erkinlashuvi.

 Xorijiy firmalarning milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlik qobiliyatining kuchayishi.

 Ayrim mamlakatlarda importning eksportdan oshib ketgani va barqaror savdo tanqisligining saqlanib qolganligi.

Mamlakatning to‘lov balansi

Joriy tashqi iqtisodiy ahvolni aks ettiruvchi eng muhim tushuncha to‘lov balansidir.



Mamlakatning to‘lov balansi – bir mamlakatning alohida shaxslari, firmalari va hukumat idoralari tomonidan boshqa mamlakatlarning xuddi shunday vakillari bilan bir yil davomida tuzgan bitishuvlarining yig‘ma balansidir.

Bu ushbu mamlakatning o‘z sheriklari bilan olib borayotgan iqtisodiy aloqalarining ahvolini ifodalovchi eng muhim hujjatdir.



To‘lov balansi mamlakatning yil davomidagi barcha tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarining yakunini aks ettiradi. Unda bir tomondan («kredit» ustunida) mamlakat yil davomida o‘z tovarlari va xizmatlarini boshqa davlatlarga sotib, shuningdek kelajakda foyda olish uchun ularni rivojlanishiga pul qo‘yib ishlab topa olgan pullar ko‘rsatiladi. Ikkinchi tomondan esa («debet» ustunida) to‘lov balansi mamlakat boshqa davlatlarga ulardan tovarlar yoki xizmatlar sotib olib yoxud o‘zining rivojlanishi uchun pul qarz olib qancha to‘laganligi yoki qancha qarz bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi.

Dibet va kredit bo‘yicha summalarining farqi milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi faoliyatining iqtisodiy natijalarini ko‘rsatadi. Masalan, agar eksport va import o‘rtasidagi farq (savdo balansi) ijobiy bo‘lsa, bu mamlakat jahon savdosidan boyiyotgani va uning valyutasining ahvoli mustahkamlanayotganligini bildiradi. Chunki uning tovarlarini u boshqa mamlakatlardan sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlardan ko‘proq summaga xarid qilishni xohlaydilar.

To‘lov balansi milliy valyutaning holatiga ta’sir qiladi va uning o‘zi valyuta kurslarining o‘zgarishlariga kuchli bog‘liqdir. Masalan, so‘mning xorijiy valyutaga nisbatan kursining keskin pasayishi o‘zbek eksportining rivojlanishiga obyektiv yordam beradi. Gap shundaki, so‘m qiymatining mana shunday pasayishi eksport qilingan tovar uchun tushgan har bir dollar, mamlakat ichkarisida sotilganida, borgan sari ko‘proq miqdorda so‘mga aylanadi va bu bilan eksportchilarni daromadlari, ularning yangi eksport amallari, yangi tovarlar sotib olishlari uchun imkoniyatlarni oshirib boradi.

To‘lov balans uch bo‘limdan iborat bo‘ladi:




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin