Proteksiya choralari
Bularga tariflar va notarif to‘siqlar kiradi.
Tariflar mamlakatning chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlar, qiymatlar va mulkdan olinadigan davlat yig‘imlarining hajmini, o‘lchamini, ya’ni davlat boj to‘lovlarini belgilaydi.
Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Advalar boj – tovarning bahosidan qayd qilingan foiz.
2. Alohida boj – tovarning belgilangan birligi og‘irligi, hajmi va hokazo) uchun qat’iy stavka.
3. Murakkab stavka – bir vaqtning o‘zida advalar va alohida boj olinishi.
Notarif to‘siqlar – ularga quyidagilar kiradi:
1. Import va eksportni kvotlash – tovarlarni olib kirish va olib chiqishga miqdori yoki qiymat ifodasidagi kvotlarni belgilash.
2. Eksportni ixtiyoriy cheklash – eksportni cheklash yoki eksport hajmini kengaytirmaslik haqida majburiyat.
3. Bojxonadan o‘tishning murakkab jarayoni.
4. Texnik va sanitariya standartlari.
5. Tovarlarni import qilishning valyuta cheklovlari.
Dostları ilə paylaş: |