Xalqaro iqtisodiy institutlar quyidagi shakllarda mavjuddirlar:
xalqaro savdo;
xalqaro valyuta munosabatlari;
kapital chiqarish va xalqaro kredit;
xalqaro mehnat migratsiyasi;
xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik.
Jahon xo‘jaligini shakllantirishning va rivojlantirishning eng muhim tendensiyalaridan biri – baynalmilallashish jarayonlarining o‘sishidir. Bu jarayonning asosini ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashishi tashkil qiladi.
Qayta ishlab chiqarish jarayonida baynalmilal omilning kuchayishi sabablari:
qayta ishlab chiqarish jarayonining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi va bozor sig‘imining kengayishi. Uning maqbul kattaligi kamida 300 million kishi;
ilmiy-texnik inqilob sharoitida ayrim mamlakatlarning fundamental amaliy tadqiqotlarni mustaqil olib borish uchun resurslarining cheklanganligi;
milliy davlatlarning ishlab chiqarish omillarining hammasini jahon harakatiga va xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘shish zarurati;
xalqaro ixtisoslashish va nooperatsiya doirasida yarim fabrikatlar, detallar va qismlar almashinuvining o‘sishi.
Dostları ilə paylaş: |