Erkin konvertlanadigan valyuta – boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtiriladigan valyuta.
Valyutaning konvertlanganligi – milliy pul birligini xalqaro to‘lov aylanmasida halqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun erkin ishlatilish qobiliyati.
To‘liq konvertlanganlik – jismoniy va huquqiy shaxslar uchun har qanday cheklovlarning mavjud emasligi va valyutaning barcha xalqaro amallarda valyutadan to‘siqsiz foydalanish.
Cheklangan konvertlanganlik ham mavjud, u quyidagilardan iborat:
Tashqi cheklangan konvertlanganlik – valyutadan xorijiy jismoniy shaxslarning faqat joriy yoki tashqi savdo hisob-kitoblarida erkin foydalanishlari.
Ichki cheklanmagan konvertlanganlik – xorijiy valyutani huquqiy va jismoniy shaxslarga yetarli darajada erkin sotib olish va sotish.
Valyutalarni almashtirish va davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar valyuta kursi asosida amalga oshiriladi.
Valyuta kursi – ushbu mamlakat milliy valyutasi pul birligini boshqa mamlakat valyutasining pul birliklarida aks ettirilgan narxidir.