Kapitalni chetga chiqarish – kapitalni bir qismini milliy aylanmadan chiqarish va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoniga yoki turli shakllardagi boshqa muomalaga qo‘shishdir.
Maqsad – xo‘jalik yuritishni milliy sharoitlari bilan solishtirganda ishlab chiqarishning baynalmilal omilini ishlatish bilan bog‘liq ustunlik hisobiga yuqoriroq foyda normasini olish.
Chetga kapital chiqarishning zamonaviy xarakterli belgilari:
ishlab chiqarish kapitalini miqyoslarining o‘sishi;
kapitalni chiqarish asosan va ustun tarzda yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshirila boshlandi;
70-yillarning boshlaridan rivojlangan mamlakatlarning kapital eksportchilari sifatidagi rollari oshadi;
kapitalni chetga chiqarish rivojlangan mamlakatlarni elektronika, mashinasozlik, fan, informatika sohasida xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘shish va ularni jahon ishlab chiqarishining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo yetakchilariga aylantirish shakli bo‘ldi;
kapital chiqarishning tarmoq tuzilmasining o‘zgarishi – eng yangi texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish sohalariga xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilish sur’atlarining o‘sishi;
keyingi o‘n yilliklarda kapital chiqarish ishlab chiqarishning baynalmilallashishining transmilliy shaklining intensiv rivojlanishi uchun sharoitlar yaratdi.
Xalqaro savdo – bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadigan, tovar va xizmatlarning eksporti va importi vositasida olib boriladigan shaklidir.
S
A
B
A
B
L
A
R
Turli texnologiyalar va kombinatsiyalarni samarali ishlab chiqarish
Iqtisodiy resurslarini turli mamlakatlarga notekis taqsimlanganligi va bu resurslar bilan notekis ta'minlanganlik
Dostları ilə paylaş: |