Mavzu:hayot faoliyati xavfsizligi fani bo'yicha glossariy tuzish
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan holda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimi.
Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan holda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimi.
Alangalanish harorati - modda qanday haroratda alangalansa va yona boshlashidir.
Alfa nurlari-katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan, harakat doirasi katta bo‘lmagan geliy atom yadrosining musbat razyadlangan zarrachalaridir.
Baxtsiz hodisa- inson organizmining ish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan to‘satdan jarohatlanishidir. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa, tasodifan yoki o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydigan, unga ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda xavfsizlik qoidalari talablaridan turlicha chetga chiqishlar sabab bo‘ladi.
Betta nurlari-radiaktiv moddalarning atom yadrolar tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir.
Gamma nurlari-ionlash qobiliyati katta bo‘lmasada katta yorib kirish kuchiga ega bo‘lib, yadro reaksiyalar va radiaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlaridir.
Iqtisodiy usul -shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalanishlar oqibatida etkazilgan moddiy zarar hisoblanadi.
Iqtisodiy usul - shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalanishlar oqibatida etkazilgan moddiy zarar hisoblanadi.
Mahalliy elektr ta’siri- kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi hollaridir.
Mehnat sharoitlari-ishchi kuchidan ratsional foydalanishni ta’minlaydigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuini ko‘zda tutadi.
Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat qilish jarayonidagi xavfsizligi, sixat-salomatligi va qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy,sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidir.
Monografik usul -shundan iboratki, bunda barcha ishlab chiqarish sharoiti batafsil tekshiriladi hamda butun sex yoki uchastkadagi baxtsiz hodisalarning sabablari o‘rganiladi.
Radiaktivlik – atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.