Talab va taklif. Sezilarli ayrim o‘zaro bog‘liqliklar.
Raqobat talabi
Biri ikkinchisini osonlik bilan almashtira oladigan tovarlarga bo‘lgan talab raqobat talabi deyiladi. Masalan, supermarketlarning peshtaxtalariga qo‘yilgan kofe, choy, yog‘, margarin va yuvish vositalarining turli navlariga bo‘lgan talab ana shundaylardandir. Kir yuvish kukunining bir navi ikkinchisining eng yaqin almashinuvchisidir. Xuddi shunday gapni yuqorida eslatilgan boshqa tovarlar haqida ham aytish mumkin.
Qo‘shma talab
Bitta tovardan foydalanish ikkinchisini sotib olish zaruratini keltirib chiqarsa, bu qo‘shma talab deb ataladi. Fotoapparat, tasma, avtomobil, yoqilg‘i va hokazolar bunga misol bo‘la oladilar. Bu tovarlarni, shuningdek, o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar deb ham ataydilar.
Ikkita tovar qo‘shma talabdan foydalanganida bittasining narxini oshishi ikkinchisiga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi. Masalan, videomagnitafon narxining oshishi tasmaga bo‘lgan talabning tushishiga olib keladi. Bu tovarlarning bittasi narxining kamayishi ikkinchisiga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |