Bozor iqtisodiyoti Iqtisodiy tizimning boshqa tiplari oldida bir qator ustunlikka ega. Mana ulardan ayrimlari:
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun tanlashda katta erkinlik.
Tizim firmalar o‘rtasidagi raqobatga yordam berib ularni bozordan surib chiqarmaslik uchun kattaroq samaradorlikka intilishga majbur qiladi.
Muvaffaqiyatliroq ishlovchi firmalar kattaroq foyda ham oladilar. Bu yangi tovarlarni ishlab chiqarishi uchun rag‘batdir.
Tizimni boshqarish uchun xizmatchilarning katta sonli apparati kerak emas.
Tizim iste’molchilarga ko‘p huquqlar taqdim etadi.
Biroq bozor tizimining kamchiliklari mavjud ularni davlat hal qilishi lozim. Bular:
Jamiyatdagi tengsizlik.
Iqtisodiy rivojlanishdagi muqimsizlik.
Hukmronlik qiluvchi firmalar kamroq muvaffaqiyat bilan ishlayotganlarni xo‘jalik hayotidan siqib chiqaradi.
Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilish.
Ijtimoiy xarajatlar va foydalar butun jamiyatning xarajatlari bilan bog‘liq.
O‘ta zarur ijtimoiy ne’matlar.
Ijtimoiy ne’matlar, masalan, ko‘chalarni yoritish, jamoat tartibini saqlash, soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi va davlat tomonidan taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |