ES=F (A1, A2...An)
ES iqtisodiy tizim A1ning xususiyatlari bilan belgilanadi, unda n ta bunday xususiyatlar mavjud bu iqtisodiy tizim bittagina ta’rif (xarakteristika) terminlari bilangina belgilanishi mumkin emasligini bildiradi. Biz Iqtisodiy tizimlarni differensiyalashda, ularning tiplarini aniqlashda mezonlar sifatida chiqadigan to‘rtta muhim xususiy (n=4) da to‘xtalamiz. Bular:
Qarorlar qabul qilish bo‘yicha tadbirlarni tahlil qilish;
Mulk huquqlari: nazorat va daromad;
Axborot bilan ta’minlash va muvofiqlashtirish mexanizmlari;
Maqsadlar qo‘yish va odamlarni harakat qilishga undovchi mexanizmlar.
Iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari bir-birlaridan farq qiladilar, shuning uchun ularni bir nechta guruhga bo‘lish mumkin:
An’anaviy iqtisodiyot
Hayot tarzlari asrlar davomida amalda o‘zgarmagan, turmush darajalari nisbatan past bo‘lgan jamiyatlar mavjud. Osiyo, Afrikadagi uzoq chekka qishloqlar – mana an’anaviy iqtisodiyot jamiyatlarga misol. Bunday jamiyatlarda odamlar qadimiy odatlar, udumlar bo‘yicha yashaydilar, hamma ishni ajdodlar qanday qilgan bo‘lsalar shunday bajaradilar.
Nimani va qanday chiqarish hamda taqsimlash an’analar asosida hal qilinadi.
Xaridorlarga sotuvchilar bilan muloqotga kirishish imkonini beruvchi har qanday tuzilma bozor deb ataladi. Bozor iqtisodiyoti odamlarga o‘zlari xohlagan narsalarini sotib olish va o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni sotish erkinligini beradi. Narxlar tovar va xizmatlarga talabning darajasi, bu mahsulot va xizmatlarning sotuvga taqdim qilinayotgan miqdori, ya’ni talab va taklifning bozor omillari bilan belgilanadi. Quyida bozor iqtisodiyotning ba’zi sifatlari, tavsiflari keltiriladi:
Xususiy mulk. Inson yer, binolar, uskunalar va boshqa tabiiy omillar hamda odamlar yaratgan ishlab chiqarish omillariga egalik qilish va tasarruf etish huquqiga ega. Aynan shu o‘ziga xos tomoni tufayli bozor iqtisodiyotini kapitalistik iqtisodiyot deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: |