O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TILLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
FAN O‘QITUVCHISI: f.f.n., dotsent EGAMOVA SHOHIDA DJALILOVNA
FAN: LEKSIKOGRAFIYA ASOSLARI
DARS TURI: MA’RUZA
MAVZU: LEKSIKOGRAFIYA FANINING VUJUDGA KELISHI, OBYEKTI VA PREDMETI
TOSHKENT-2022
REJA: 1. O‘zbek leksikografiyasi oldida turgan muammolar.
2. Hozirgi o‘zbek lug‘atshunosligidagi asosiy sathlar, jahon tilshunosligida muayyan tilshunoslik taraqqiyotining unda nashr qilinayotgan manba sifati va miqdori bilan belgilanayotgani.
3. Lug‘at tuzish tamoyillari.
4. Lug‘at maqolalarining joylashtirilish tartibi.
5. Lug‘at turlari.
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI: Fanning maqsadi- “Leksikografiya asoslari” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalarda o‘zbek lug‘aichiligi bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Etimologik, qiyosiy va chog‘ishtirma lug‘atlar yaratish, zarur termin va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, ensiklopedik va lingvistik lug‘atlaning farqli jihatlari, maxsus lug‘atlar, lug‘at maqolalari sxemasi, o‘zbek lug‘atchiligining tarixiy ildizlari, uning eski turkiy til va eski o‘zbek tili davridagi holati, istiqlol yillaridagi rivoji haqida bilim berish vazifalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.
Zamon nuqtayi nazardan lug‘atlar ikki xil bo‘ladi: Lug‘atlar
Zamonaviy lug‘atlar
Tarixiy lug‘atlar
O‘zbek leksikografiyasining shakllanish tarixi 1
O‘zbek leksikografiyasining shakllanish tarixi Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yuzaga kelgan “Devonu lug‘atit turk” nomli asariga borib tarqaladi.
2
Tole Imoniyning “Badoyi ul-lug‘at” nomli chig‘atoycha-forscha lug‘atini (XV asr); “Abushqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan chig‘atoycha-turkcha lug‘atini (XVI asr); Mirzo Mahdixonning “Sangloh” nomli chig‘atoycha-forscha lug‘atini (XVIII asr);
3
Muhammad Ya’qub Chingiyning “Kelurnoma” nomli o‘zbekcha-forscha lug‘atini (XVIII asr), hamda Fazlulloxonning Kalkuttada 1825 yilda nashr etilgan chig‘atoy-forscha lug‘atini ko‘rsatib o‘tish mumkin.