Litsenziyalashdan tashqari bojxona rejimini tartibga solish eksport yoki importni litsenziyalash hisobiga ham amalga oshirish mumkin.
Import kvotasi – bu mamlakatga tovarlarni olib kirish cheklangan paytdagi cheklashlarning nota’rif shaklidir. Import kvotalarining mutlaq va ta’rif turlari mavjuddir.
Mutlaq kvota – bu olib kirishga ruxsat etilgan tovarlarning belgilangan miqdori, ta’rif kvotasi esa aniq tovarni ma’lum bir davr mobaynida pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha to‘lab olib kirishga ruxsatdir.
Eksport kvotasi eksportga tovar taklifini cheklash usuli va eksport narxlarining pasayshining oldini olishidan iboratdir. U tovarlarning mamlakat ichkarisidagi taklifini ta’minlash uchun va ichki bozorda bu tovarlarning narxlarining haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l quymaslik uchun qo‘llaniladi.
Nota’rif ta’sir ko‘rsatishmilliy standartlar, ekologik talablar, mahsulotning energiya iste’moli nuqtai nazaridan kelib chiqadigan xafvsizlik talablari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa shakllarga eksport subsidiyalari taqdim etilganida, eksport mahsulotlariga soliqlar bekor qilinganida yoki pasaytirilganida eksportni rag‘batlantirishni kiritish mumkin.