Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə83/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari





Modellar

Mezonlar


Ijtimoiy bo-zor xo‘jaligi

Aralash iqtisodiyot

Korporativ iqtisodiyot

Davlat dasturlarining maq-sadli yo‘nalishi

Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Yirik biznes manfaatlarini himoya qilish

Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari

Uzoq muddatli dasturlash

Taktik usullardan ko‘proq foydalanish

Asosiy ustuvorliklarni belgilash

Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi

30 foizga yetadi

10 foizgacha

Sezilar-sezilmas

Eng ko‘p bo‘lgan davlatlar

Germaniya

AQSH

Yaponiya Shvetsiya


O‘zbekistonda bozor xo‘jaligiga o‘tish sharoitlari

 Xo‘jalik faoliyatining erkinligini ta’minlash.

 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini ratsionalizatsiyalashtirish (oqilona olib berish) vositasida xo‘jalik yuritishning shart-sharoitlariga, vositalari va natijalariga turli xil mulk shakllarining paydo bo‘lishi.

 Tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirishning eng muhim omili sifatli ishlab chiqaruvchilar raqobatining rivojlanishi.

 Narxning erkin belgilanishi mexanizmining rivojlanishi.

 Bozor munosabatlarining tarqalishi bilan birga iqti-sodiyotning salmoqli nobozor sektorining ham saqlanishi.

 Ilmiy yechimlar ko‘p hajmda qo‘llaniladigan iqtisodiyot-ni mikroxo‘jalik aloqalari tizimga izchillik bilan integratsiyalari.

 Fuqarolarga ijtimoiy kafolatlarning davlat tomonidan ta’minlanishi mablag‘lar ishlab topishda» hammaga teng imkoniyatlar taqdim etish va jamiyatning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va mehnatga layoqatsiz qismini qo‘llab-quvvatlash.

O‘zbekistonda bozor Iqtisodiyotiga o‘tishning mantig‘i va bosqichi vazifalari:

Iqtisodiyotning davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish. Zaxira va imkoniyatlarni ishlash va ulardan foydalanish.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimi doirasida vujudga kelgan va bozor munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy tuzilmalarni tugatish va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish.

Narxlar ustidan davlat nazoratini asta-sekin cheklash, busiz bozor mexanizmining ishlashi mumkin bo‘lmagan, talab va taklifga mos ravishda narx (bahoni) erkin belgilashga o‘tish.

Muomaladagi pul massasini cheklash maqsadida pul-kredit va moliyaviy siyosatni olib borish. Odamlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashuvini yengillashtiradigan, ijtimoiy muhofaza muhtoj qatlamlarini himoya qiladigan aholini qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli ijtimoiy kafolatlar tizimini yaratish.

Ustun ravishda, asosan iqtisodiy usullarga tayangan holda xalq xo‘jaligining ijtimoiy mo‘ljalga olish yo‘nalishidagi zarur tuzilmaviy o‘zgarishlarini ta’minlashi mumkin bo‘lgan faol tuzilmaviy-investitsion siyosatni amalga oshirish.

Bozor tizimi xususiy mulk hukmronligi, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, pul yordamida amalga oshiriluvchi almashinuv munosabatlarining rivojlanishi bilan ifodalanadi. Har qanday boshqa ijtimoiy tizim kabi u doimiy rivojlanishda. An’anaviy jamiyatda vujudga kelib, bozor asta-sekin xususiy tadbirkorlikka tayanadigan bir butun kapitalistik tizimga aylanadi. Bu tizimning aniq zamonaviy variantlarining ko‘pligi va o‘ziga xosligiga qaramay ularning hammasi yuqori darajada rivojlangan texnologiya, aralash mulk va iqtisodiyotda davlatning faol ishtiroki asosida rivojlanadilar.

Bozor tizimida xo‘jalik yuritishning tadbirkorlik erkinligi, ishlashni istagan har qanday odam uchun kasb tanlash erkinligi, har qaysi xaridorga (uning moliyaviy imkoniyatlari darajasida) xarid qilishni tanlash erkinligiga asoslangan maxsus ixtisoslashgan rag‘batlarni va tamoyillari amal qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatining va bozor tanlovining rag‘bati (stimuli)sifatida xususiy iqtisodiy manfaat chiqadi, tadbirkorlar foydani eng ko‘p miqdorda olish (yoki ishlab chiqarish xarajatlarini eng past darajaga tushirish)dan ishlab chiqarish omillarining egalari ularni biznes sohasida ishlatganlik uchun xaridorlar esa o‘zlariga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishda ko‘proq foyda ko‘rishdan manfaatdordirlar.

Tadbirkorlik erkinligi, tanlash erkinligi va shaxsiy manfaat, bozor almashinuvi ishtirokchilari o‘rtasida tortishuv, raqobat munosabatlarini shakllantiradi. Bu munosabatlar iste’molchilar nimalarni afzal ko‘rishlarini aks ettiruvchi va ishlab chiqaruvchilarni hamda ishlab chiqarish resurslarining egalarini shunga moslashishga majbur qiluvchi bozor narxlari tizimi orqali tatbiq qilinadi, amalga oshiriladi.

Shunday qilib, baho mexanizmi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, uning samaradorligi bozor tizimi ishtirokchilarni soniga, ularning qaror qabul qilishdagi erkinlik darajasiga bog‘liqdir. Nimani, qancha, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarish» muammosi bozor tizimida samarali ishlayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratib bera borib, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini uning takomillashuvini va tejamkorligini oshishini rag‘batlantirgan holda belgilaydigan narxlar asosida hal qilinadi. Bozor narxlari bozorga tushayotgan mahsulotlarning taqsimotiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Chunki birinchidan, narx iste’molchining tovar va xizmatlarning qaysi turini tanlashi muhim mezondir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish omillarining narxlari jamiyatning daromadlarini shakllantiradi va demak, aholining turli qatlamlarini xarid qobiliyatini belgilaydi.

Narx mexanizmi iqtisodiyotning tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisi sifatida chiqadi, harakat qiladi. Narxlar uning yordamida tadbirkorlar ham, ishlab chiqarish resurslarini egalari ham bozorga mo‘ljal oladigan signal tizimi rolini o‘ynaydilar. Bu signal tizim faqat erkin raqobat sharoitlaridagina samarali ishlaydi. Birinchidan, shuning uchunki, faqat shunday holatdagina narx signallari bozor talabini aniq aks ettiradi. Ikkinchidan, aynan raqobat bozor agentlarini bu signallarga muvofiq ish tutishga majbur qiladi: uchinchidan, u xususiy va ijtimoiy manfaatlarning yaqinlashuvini ta’minlaydi.

Davlatning daromadlari va xarajatlari

Davlat xarajatlarining bir-biridan farqlanuvchi ikkita turi mavjud. Bular: real xarajatlar va o‘tkaziluvchi to‘lovlardir.
Real xarajatlar

Biz ular haqida markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat idoralari tovarlar va xizmatlarni sotib olishgan hollarda chegiramiz. Davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar, shifokorlar mehnatiga to‘lanadigan haq ham shunga kiradi.

Xarajatlarning bu turiga darsliklar, dorilar, maktab va shifoxonalar uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni sotib olish ham kiritiladi.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin