Iqtisodiyot fakulteti mintaqaviy iqtisodiyot va menjment kafedrasi



Yüklə 468,5 Kb.
səhifə10/13
tarix29.04.2023
ölçüsü468,5 Kb.
#104571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mehnat bozori va bandlik 2

Sirdaryo viloyatining
mehnat bozori va ishsizlikning holati, %

Vujudga kelgan holatni mehnat resurslari sonining ish joylari miqdoridan oshib ketishi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ishchi kuchiga ehtiyojning kamayishi, sanoat mehnatini qo’llash mintaqalarini yaratishning sekinlashuvi va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil qilishning ilg’or uslublaridan samarali foydalanmaslik bilan izohlanadi.
Avallambor, texnik vositalardan samarasiz foydalanish va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil qilishda ilg’or usullarni sekinlik bilan tatbiq etish sababli qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida me’yordan yuqori jonli mehnat sarflanmoqda va xodimlarning mazkur tarmoqdan ozod bo’lishlari sekinlashmoqda. Tadqiqot ishlari ko’rsatadiki, uning hozirgi mavjud texnik jihozlanish darajasida ham kamroq sonli xodimlar bilan yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ishchi kuchining ortiqcha qismidan ijtimoiy ishlab chiqarishning unga talab bo’lgan tarmoqlarida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi va ishlovchilarning kasbiy bilimlari va ish joylarining unumli texnika bilan ta’minlanish darajasi pastligi nafaqat ASK korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarasiz foydalanishga, balki ichki va tashqi bozorlarining talablariga to’liq mos kelmaydigan past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishga olib keladi. Natijada ko’pgina qishloq mehnatkashlarining mehnati ijtimoiy tan olinmaydi (amalda mehnat haqi orqali tan olingan bo’lsa ham) va xalq xo’jaligi nuqtai nazaridan ularning bandligi iqtisodiy mazmunga ega bo’lmaydi. Mehnat natijasi ijtimoiy tan olingan bandlikni oqilona deb hisoblash mumkin.
Mehnatga qobiliyatli pensionerlar, nogironlar, o’quvchilar, ko’p bolali ayollar va aholining boshqa kategoriya (toifa)lari bandligini moddiy rag’batlantirish bo’yicha mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmaydi. Kvotalashtirilgan yangi ish joylarini yaratish va xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish ularning bandligi va mehnat haqlarini ancha oshiradi.
Vakant (bo’sh) lavozimlar va ish joylari mavjudligi haqidagi ishonchli axborotlarning kamchiligi – ish bilan band bo’lmagan aholini ishga joylashtirishni qiyinlashtiradi. Statistika idoralari faqat sanoat korxonalari va xizmat ko’rsatish obyektlaridagi ish joylarining miqdori va tuzilishi bo’yicha axborotlar to’plash va ularni tahlil qilish bilan shug’ullanadi. Ammo sinalgan metodika yo’qligi tufayli qishloq xo’jaligida ish joylarining soni haqidagi axborotlarni yig’ish amalga oshirilmaydi.
Mehnat bozori rivojlanayotgan sharoitlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi ish joylarini qisqartirilishi natijasida xodimlarning tez ozod bo’lishi oddiy hol bo’ladi. Bu muammoni to’g’ri hal qilishning muhim yo’nalishlarini Prezident I.A. Karimov quyidagicha izohlaydi: «Hozir barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan ko’prog’i qishloq xo’jaligida band. Ularni bo’shatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat ko’rsatish sohasiga yo’naltirish iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish hamda uni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi».
jadval

Yüklə 468,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin