Iqtisodiyot fakulteti mintaqaviy iqtisodiyot va menjment kafedrasi


Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va ko’rsatkichlari



Yüklə 468,5 Kb.
səhifə12/13
tarix29.04.2023
ölçüsü468,5 Kb.
#104571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mehnat bozori va bandlik 2

2.2. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va ko’rsatkichlari
Oqilona bandlikni shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o’z aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatiga erishish; ish joylarini ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining o’sishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini ko’paytirish; ishsizlikni kamaytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migrasion oqimi; mehnatni fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xo’jaligi har bir xodimini yer yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; asosiy fondlardan foydalanishning smenalik koeffisiyenti; ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan shaxslar va ishsizlar soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli xil shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning ko’rsatkichlaridan mehnatga layoqatli aholining oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini va ekonometrik modellarni hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tatbiq etishda foydalanish mumkin.
Xulosa

Mehnat bozori qanday ishlashini tushunish uchun mazkur bozordagi talab va taklifni o’rganib chiqish lozim. Agar ish haqi o’zgarsa, mehnatga talab egri chiziq bo’ylab yuqoriga yoki pastga qarab yurishi, mahsulotga talab, ishlab chiqarish hajmlari o’zgarishi, kapital narxi kabi boshqa omillar amal qilsa, mehnatga talab egri chizig’ining o’zi siljiydi.


Mehnat bozorini harakatga keltirishning eng muhim omili ish kuchining narxi hisoblanadi. Materialistik konsepsiyaga muvofiq ish kuchining qiymati ish kuchini qaytadan tiklash uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarning qiymati bilan belgilanadi. Mehnat bozori sifati xususiyatining eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Mehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi sifatida ta’riflash mumkin, u davlat idoralarini, ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi nodavlat tuzilmalarini, korxonalar va firmalarga kadrlar xizmatini, jamoat tashkilotlari va jamg’armalarini, normativ-huquqiy muhitni o’z ichiga oladi, ular ish kuchiga ehtiyoj bilan taklif o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Mehnat bozoridagi vaziyatga baho berishda ish kuchining zaxiralaridan bir nechta turini ajratib ko’rsatish zarurligiga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Mehnat bozorida ish beruvchilar ham, yollanma xodimlar ham segmentlar obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bozorni ish beruvchilar nuqtai nazaridan segmentasiyalash ularning ehtiyojlarini baholash va ularga yaxshiroq yo’sinda moslashish imkonini beradi. Segmentasiyalash obyekti yollanma ishchilar bo’lgan holatda ularning miqdor va sifat xarakteristikalari, xatti-harakat jihatlari bo’yicha ifodalanadigan guruhlari to’g’risidagi tasavvur shakllanadi.
Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va uning taklifi o’rtasidagi muvozanatga erishishni bildiradi.
Aholining ish bilan oqilona bandligiga ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishilgan, mulkchilikning turli shakllari rivojlangan, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kelgan, yashash va mehnat qilish joylari erkin tanlangan, mahalliy kadrlar safarbarligining har qanday ma’muriy cheklanishlari bekor qilingan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ishga joylashish kafolatlari mavjud bo’lgan, eng kam ish haqi darajasini minimal iste’mol byudjetigacha oshirishga muvaffaq bo’lingan va mehnat daromadlaridan soliqlar sekin qisqartirilgan sharoitlardagina erishish mumkin.
Aholining ish bilan ta’minlanishi davlat tomonidan turli iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirish asosida tartibga solinadi.

Yüklə 468,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin