O‘simlik karantinini maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi O‘zbekistonda
O‘simlik karantinini maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi. O‘zbekistonda karantin xizmatini tashkil etilishi
1. Qishloq ekinlarini zararkunandalardan, kasalliklardan va begona o‘tlardan himoya qilish ko‘p jixatdan malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liqdir.
O‘simliklarni zararkunandalardan, o‘simlik kasalliklardan va begona o‘tlardan samarali himoya qilish ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish uchun talabalar o‘simliklarni himoya qilish fanlarini chuqur o‘zlashtirishlari lozim. O‘simliklarni himoya qilishda karantin usuli katta ahamiyatga egadir. Chunki bu usul asosan xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari, begona o‘tlar iqlimiy va boshqa sharoitda zarar keltiradigan darajada ko‘payishi mumkin bo‘lgan joylarga kelib qolinishning oldini olish, kelib qolganda yo‘q qilishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimidan iborat.
O‘simliklar karantinining asosiy vazifalari, o‘simliklarning tashqi va ichki karantin bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi:
respublika xududini chet mamlakatlardan kirib kelib, halq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi xavfli zararkunandalardan, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza etish; karantindagi va boshqa havfli zararkunandalarni o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni yo‘q qilish, shuningdek respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlardan holi mintaqalariga ular kirib borishning oldini olish; qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirishni ustidan davlat nazoratini olib borish. 2. Birinchi karantin to‘g‘risidagi qaror 6 aprel 1873 yilda Rossiyada chiqqan. U qaror chet eldan tok qalamchalarni olib kelishini mand etilishi to‘g‘risida edi. Shunga o‘xshash qarorlar 1881, 1910 va 1912 yillarda ham chiqqan edi.
Kolorado qo‘ng‘izini tarqalib ketishini oldini olish uchun 1875 yilda AQShdan kartoshkani olib kelishi mand etilishi to‘g‘risida qaror chiqdi.
1931 yil 5 iyunda Davlat O‘simliklari karantin xizmati tashkil qilindi. Shu yili qishloq xo‘jalik o‘simliklarni olib kelishi va olib chiqish to‘g‘risidagi tartibi chop etildi.
21 iyul 1962 yil Davlat karantin xizmatini Ustavi birinchi marta qabul qilindi. 1980 yili o‘zgargan Ustav chiqdi. Bu Ustavda birinchi bo‘lib karantin nazoratidagi organizmlarni ro‘yxati bosildi.
1986 yili yana bir marta yangi ustav qabul qilindi. O‘zbekiston mustaqillikga erishdi va karantin hukumat tuzishdi.
3. O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantin bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantin Bosh Davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantin Bosh Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Qishloq xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantin Bosh Davlat inspeksiyasi, viloyatlar va Toshkent shaxar o‘simliklar karantin davlat inspeksiyalari, tumanlar, shaharlar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi, pochtamtlardagi va shosselardagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha ilmiy markaz, markaziy va viloyat karantin laboratoriyalari hamda karantin ostidagi o‘ta xavfli zararli ob’ektlarga qarshi kurashuvchi ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari amalga oshiradi.
4. 1995 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qaroriga qarab O‘zbekiston Respublikasining karantin to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Qonun 16 moddadan tashkil topgan. Qonunda o‘simliklar karantinning asosiy vazifalari berilgan va tadbirlar nimalarga taaluqligi yozilib berilgan, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlari, karantin bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish, Bosh Davlat karantin inspeksiyasining vakolatlari va keyingi moddalarida viloyat, shaxar, tuman inspeksiyalarining vakolatlari ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari inspektorlarni huquqlari, xizmat burchlari ko‘rsatilgan.
Shuni aytib o‘tish kerak, qonunda yuqorida aytib o‘tilganidan tashqari, karantin o‘rnatish va uni bekor qilish tartibi, urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini import qilish tartiblari, urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini eksport qilish, vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning o‘simliklar karantini sohasidagi huquqlari va vazifalari yoritib berilgan.
O‘simliklar karantin bo‘yicha qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ham yoritib berilgan. Oxirigi moddada halqaro shartnomalar va bitimlarga tegishli.