Iqtisodiyot fakulteti mintaqaviy iqtisodiyot va menjment kafedrasi


Reja: Kirish I bob. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi



Yüklə 468,5 Kb.
səhifə2/13
tarix29.04.2023
ölçüsü468,5 Kb.
#104571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat bozori va bandlik 2

Reja:
Kirish
I bob. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
1.1 Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
1.2. Mehnat bozorining turlari va modellari
II bob. Aholining ish bilan bandligini ta’minlash
2.1. Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri
2.2. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va ko’rsatkichlari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Tabiiyki, ishsiz va bilimsiz, kasbsiz fuqaro ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topolmaydi. Shuning uchun bu davlatlarda ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, o‘rgatishga e’tibor qaratilgan.
Kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv kurslari, markazlarni ko‘paytirish kerak
Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘zini o‘zi band qilayotgan shaxslar uchun 67 ta ish va xizmat turlari tasdiqlangan.
Qarorga muvofiq, bizda ham mehnat migrantlarini kasbga o‘qitish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib sharoitlar yaratish, chet tillarini o‘rgatish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning integratsiyasi masalalari Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doirasida ko‘rib chiqiladi.
Mehnat bozori va bandlik mavzusi o`z nomi bilan ham aytib turibdiki Respublikamizda ko`plab insonlar doimiy ish faoliyatiga ega emas. Respublikada har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlanadigan dasturlarni amalga oshirish, bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, ijtimoiy zaif qatlamlar bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
2018 yil 15 iyuldan boshlab Mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasi) mablag‘larini shakllantirish manbalari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratmalari hajmlarining 5 foizdan 10 foizgacha oshirilishi hisobiga kengaytiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushadigan 50 foiz miqdordagi daromadlar Mehnatni rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat muassasalari shaklida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘armalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5052-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholi, avvalo yoshlar bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash borasida mehnat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:1.

Yüklə 468,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin