Iqtisodiyot fakulteti mintaqaviy iqtisodiyot va menjment kafedrasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 468,5 Kb.
səhifə3/13
tarix29.04.2023
ölçüsü468,5 Kb.
#104571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mehnat bozori va bandlik 2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Maqsadi: O`zbekiston Respublikasida ishsizlikning oldini olish va ishsiz migrantlarni Respublikamizda doimiy ish bilan ta’minlash.
Vazifalar: Buning uchun biz Respublikamizda juda ham ko`p bo`sh ish o`rinlarini yaratishimiz kerak.
Tadqiqot ob'ekti: Bugun ish izlayotgan fuqarolarning ehtiyoji va qobiliyatiga ko‘ra, bandligini ta’minlash muhim masala bo‘lib, bu bandlik bo‘limlari, mono-markazlar, kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv kurslarining vazifasi sanaladi.
Tadqiqot predmeti: Mahallalardan boshlab, har bir xonadonda mehnatga yaroqli qancha aholi borligi va uning qanchasi ish bilan band emasligini hisobga olish ahamiyatga ega. Hududda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida qancha ish o‘rinlari borligini hisobga olish kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ishsizlarning 99,7 foizi o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli. Bunda albatta, ishsizlar soni bilan bo‘sh ish o‘rinlari o‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi.
.


I bob. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
1.1 Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
Mehnat bozori qanday ishlashini tushunish uchun mazkur bozordagi talab va taklifni o’rganib chiqish lozim. R.J. Erenberger va R.S. Smitning yozishlaricha, mehnat bozorini tadqiq qilish talab va taklifni taklif qilish bilan boshlanadi, tugallanadi hamda mehnat bozori ishlashining har qanday natijasi hamisha ushbu tarkibiy qismlarga va ularning o’zaro aloqasiga u yoki bu darajada bog’liq bo’ladi. Marshallning so’zlarini o’zgartirib aytganda, qaychining ikkita jag’i yordamidagina mato bo’lagini qirqib olish mumkin.
Mehnat talabining mehnat narxiga bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, birorta sanoat tarmog’ida ish haqi oshdi. Shu bilan birga texnologiya, foydalaniladigan uskuna va boshqa omillar o’zgarmay qoldi. Natijada mahsulot tannarxi va ushbu mahsulot narxi oshadi. Xaridor narxi yuqori mahsulotni kamroq sotib oladi, mahsulot ishlab chiqaruvchi esa uni ishlab chiqarishni, binobarin, xodimlarni qisqartirishga majbur bo’ladi. Shu tariqa, ish haqini oshirish natijasida (boshqa shart-sharoitlarning barchasi birdek teng bo’lgan taqdirda) ish bilan bandlik qisqaradi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi ko’lam samarasi deyiladi2.
Boshqacha yo’l tutilgan bo’lishi ham mumkin: ishlab chiqaruvchilar ish haqini oshirgach, kapital sig’imi yuqoriroq bo’lgan ishlab chiqarishni, resurs tejaydigan texnologiyalarni qo’llanish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llarini qidiradilar, bularni qo’llanish natijasida ham xodimlarning ish bilan bandligi kamayadi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi o’rnini bosish samarasi deyiladi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kapital ishchi kuchining o’rniga o’tadi.
Ish haqi va ish bilan bandlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik talabning egri chizig’i bilan ko’rsatib berilishi mumkin (3.1-chizma). 3.1-chizmadan ko’rinib turganidek, talabning egri chizig’i pasayadigan chiziq, ya’ni u ish haqi oshgan sayin mehnatga talab kamayishini ko’rsatadi. Ushbu egri chiziq ishchi kuchi qiymati o’zgarib, talabga ta’sir etadigan boshqa omillar o’zgarmagan taqdirda xodimlar soni qay tariqa o’zgarishini ko’rsatadi, shu bilan birga, ish haqi o’zgarganda mehnatga talab egri chiziq bo’ylab boradi.
Hozirga qadar biz talab mexanizmini ko’rib chiqishimizda boshqa omillar ta’sirini e’tiborga olganimiz yo’q. Endi ular talabning o’zgarishiga qanday ta’sir etishini kuzatamiz. Aytaylik, mahsulotga talab oshmoqda, boshqa omillar esa bunda o’zgarayotgani yo’q.

chizma. Mehnatga talab egri chizig’i.

Bunda shu narsa ayon bo’ladiki, ishlab chiqarish darajasi oshib boradi va ish haqi stavkasi qanday bo’lishidan qat’i nazar ko’lam samarasi mehnatga talabni oshiradi. Mazkur holda o’rnini bosish samarasi yuzaga kelmaydi, chunki mehnat va kapital narxlari o’zgarmaydi. Ro’y bergan o’zgarish umuman o’ngga suriladigan mehnat talabi egri chizig’i yordamida ko’rsatilishi mumkin (3.2.-chizma). Ushbu surilish ehtimoliy ish haqi stavkasi qancha bo’lishidan qat’i nazar mehnatga talab qilinadigan xodimlar sonining oshib borishini ko’rsatadi.









-chizma. Mehnatga talab egri chizig’ining ishlab chiqarish hajmi

Yüklə 468,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin