Toshkent
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir.
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg`unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |