3. Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi
nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o’zgarib turishini ko’rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo’ladi, bu nisbatlar o’zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo’lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko’plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo’ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo’ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o’tish imkonini beradi. Mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Oldingi bandlarda ko’rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (7-chizma):
TbqTfqNmqMm, bu erda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori.
Grafikda E nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, narx 250 so’m bo’lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor bo’ladi. 200 so’mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o’zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bo’ladi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |