5-jadval. Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bog’liqlik.
1 kg un narxi (so’m)
|
1 oy davomida unning yakka taklifi miqdori (kg)
|
1 oy davomida unning bozor taklifi miqdori (tn)
|
350
300
250
200
150
|
60
50
30
20
10
|
6,0
5,0
3,0
2,0
1,0
|
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslarning narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlarning narxi;
5) narx o’zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
R,so’m
S
350
3 00
250
200
150 S
100
50
0
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q, tonna
6-chizma. Taklif egri chizig’i.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi taklif hajmining o’zgarishini taqozo qiladi.
Taklifga ta’sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o’rtasida mustahkam o’zaro bog’liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o’g’itlar narxining pasayishi bug’doy taklifini oshiradi, yomg’irlatib sug’orish xarajatlarining oshishi makkajo’xori doni taklifini qisqartiradi.
Dostları ilə paylaş: |