Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə43/184
tarix20.11.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#164200
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
IQTISODIYOT Chiqarishga

1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston havo yo’llari» DAK, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko’plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda tsement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi engil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin