Iqtisodiyоt” fanidan O’quv-uslubiy majmua farg’ona-2022


-rasm. Ishchi kuchi bozori modeli



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə64/184
tarix20.11.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#164200
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
IQTISODIYOT Chiqarishga

2.5.1-rasm. Ishchi kuchi bozori modeli
Daromad samarasi shunda namayon bo’ladiki, xodim moddiy ta’minlanishning etarlicha yuqori darajasiga erishganda ish haqining yanada oshishi bo’sh vaqt foydasiga mehnat taklifining qisqarishiga olib keladi.
Ishchi kuchi bozorida kishilar xulqidagi aynan shunday qonuniyat uzoq vaqt davomida ish haftasi qisqarish tamoyili asosida yotadi. Rivojlangan g’arb davlatlarida oxirgi 100 yil davomida ish haftasi 40% ga qisqarib, uning hisobiga bo’sh vaqt keskin ortgan. Inson hayot davri cheklanganligi sababli bo’sh vaqt eng qadrli ne’mat hisoblangan sharoitda uning ortishi nihoyatda ahamiyatli Grafikda LS egri chiziq ish haqi o’sib borganda ishchi kuchi taklifi L nuqtagacha ortib borishini, biroq, keyin o’z yo’nalishini o’zgartirib, tik o’qqa yaqinlashib borishini, ya’ni uning taklifi ish haqi oshganda qisqarishini ko’rsatadi.

W

e
W0


LS LD
0
L0 L


2.5.2 - rasm. Individual ishchi kuchi taklifi.
Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari
Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o’rgatish borasidagi o’zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan, konveerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo’llaniladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin