Iqtisodiyot” kafedrasi “ ” fanidan


III-bob. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullarini takomillashtirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə11/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#163597
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov balansi

III-bob. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullarini takomillashtirish.
3.1. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valyuta intyervyentsiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin tyebranishi hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valyuta kursining erkin tyebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish myexanizmi hisoblanadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to‘lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tyez orada barham topadi. Valyuta kurslarining erkin harakati to‘lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo‘qotadi..
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to‘lov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, byeqarorlikka va boshqalarga olib keladi.
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chyet el valyutasini sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tyebranishiga barham bersa valyuta kursining erkin tyebranishi vositasida to‘lov balansini tartibga solish zarurati yo‘qoladi.
Bunda to‘lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chyet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiyaa eksportga xos bo‘lib kreditda plyus byelgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko‘tariladi va bu invyestitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
To‘lov balansining aktiv-(musbat) qoldig‘i esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to‘ldirish uchun chyet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga (invyestitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga) rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan bunday operatsiyaalar rasmiy rezervlar bilan bo‘ladigan operatsiyaalar deyiladi. Bu operatsiyaalar natijasida to‘lov balansi qoldig‘i nolga tenglashishi kyerak.
To‘lov balansining aktiv qoldig‘i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin.
Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to‘lov balansi taqchil bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to‘lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valyuta zaxirasi cheklanganligi tufayli to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosati va valyuta almashinuv kursini o‘zgartirishi choralarini qo‘llab chyet ellardagi o‘z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o‘z daromadlarini oshiradi.
Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasining oshishi oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Valyuta rezervlari sarflab bo‘lganligi, ilgari olingan chyet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo‘qqa chiqqanligi sababli mamlakat to‘lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to‘lov balansi inqirozi deyiladi.
To‘lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo‘li makroiqtisodiy tartibga solish hisoblanadi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spyekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spyekulyativ talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir.
Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig‘i jamg‘arish va invyestitsiyalar hajmlarini byelgilovchi omillar (masalan byudjyet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Agar mamlakatda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy jamg‘armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida joriy operatsiyaalar hisobi bo‘yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg‘armalar hajmlarini oshiradi, bu o‘z navbatida kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyaalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi. Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyaalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin