Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə5/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi

S = R ((1+i)/(1+T))n.
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra investitsiya qilinayotgan pul mablag’larining kelajakdagi real qiymatini aniqlash lozim bo’lsin: investitsiya hajmi - 200 mln. so’m; investitsiyalash muddati - 2 yil; inflyatsiyani hisobga olgan holda foiz stavkasi – yiliga 30%; kutilayotgan inflyatsiya sur’ati yiliga 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
S = 200 x ((1+0.30)/( 1+0.20))2 =234,7 mln.so’m.
2. Inflyatsiyani hisobga olgan holda real foiz stavkasini normalashtirish, pul mablag‘larini o‘stirish yoki diskontlash uchun foydalaniladi va quyidagicha aniqlanadi:


J = J – T
bu erda
J - real foiz stavkasi;
J – pul bozorida vujudga kelgan inflyatsiyani hisobga olgan holda nominal foiz stavkasi.
Pul mablag‘larini real foiz stavkasi bo‘yicha o‘stirish jarayonida pul mablag‘larining kelajakdagi real qiymatini aniqlashda uch xil vaziyatga duch kelish mumkin:
a) J q Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymatining o‘sishi yuz bermaydi, chunki ularning o‘sishi inflyatsiya bilan bir xil bo‘ladi;
b) J > Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymati inflyatsiyaga qaramay, o‘sib boradi;
v) J < Tj. Bu vaziyatda pul mablag‘larining real qiymati pasayib boradi, ya‘ni investitsiyalash jarayoni zarar keltiradi.
3. Inflyatsiyani hisobga oluvchi investitsiya daromadi darajasini shakllantirish «inflyatsiya mukofoti» (inflation Premium) hajmini aniqlashni nazarda tutadi. Bu mukofot hajmi inflyatsiya natijasida investorning real daromad summasini yo‘qotishining o‘rnini bosishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
M = D T
bu erda
M inflyatsiya mukofoti miqdori;
D – investitsiyalar bo‘yicha real o‘rtacha bozor daromadi darajasi.
Mos ravishda investitsiya bo‘yicha umumiy daromad miqdori (Dn) quyidagiga teng bo‘ladi:
D =D + M ,
Shuni qayd etish kerakki, inflyatsiya sur‘atlarini bashorat qilish juda qiyin va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayondir. Bundan tashqari, inflyatsiya sur‘atlari ayrim paytlarda bashorat qilish qiyin bo‘lgan subyektiv omillar ta‘siriga uchraydi. Shu sababli investitsiyalash amaliyotida inflyatsiya omilini hisobga olishning yanada soddaroq usulidan foydalanish mumkin.
Shu maqsadda investitsiya mablag‘lari qiymati yoki ularni qaytarish qiymati milliy valyutadan erkin konvertatsiyalanuvchi valyutalardan biriga qayta hisoblanadi.
Bunda usul mamlakat ichida hisob-kitoblardan inflyatsiya omilini umuman chiqarib tashlashga imkon beradi.

Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin