1-chizma. Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri. Umumiy doimiy хarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi yoki kamayishiga qarab o’zgarmaydi.
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.
1.O’rtacha хarajat (AC) –firmaning mahsulot birligiga to’g’ri kelgan хarajatlardan iborat. O’rtacha хarajatni ham o’rtacha doimiy хarajatga (AFC) va o’rtacha o’zgaruvchan хarajatga (AVC) bo’lish mumkin. O’rtacha doimiy хarajat mahsulot miqdorini ko’payishi bilan doimo kamayadi va aksincha mahsulot miqdorini, miqdorini kamayishi bilan u ko’payadi. O’rtacha o’zgaruvchan хarajat (AVC) bo’lsa mahsulot miqdorini o’zgarishi bilan ko’payadi yoki kamayadi. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: AFC=
Bu yerda: AFC – O’rtacha doimiy xarajat; TFC – doimiy xarajatlar summasi Q- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
2.Qo’shimcha хarajatlar (MC) –хar bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot birligi uchun sarflangan хarajat hisobiga umumiy хarajatni o’sgan qismi. Doimiy хarajat har doim o’zgarmas bo’lganligi uchun qo’shimcha doimiy хarajat хar doim “0” ga teng (MFSq0). SHuning uchun ham qo’shimcha xarajat –xar doim qo’shimcha o’zgaruvchan xarajatdan iborat bo’ladi.
Yuqoridagi aytilgan fikrlarni aniqroq tushunish uchun quyidagi jadvalga murojaat etamiz.
Doimiy (FC), o'zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 1-chizma orqali ko'rishimiz mumkin.
2-chizma. Doimiy, o'zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni xisoblash uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori nisbatiga teng: bu yerda:
AC- o’rtacha umumiy xarajatlar; TC - yalpi (umumiy) xarajatlar; Q- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. FC- Doimiy xarajatlar;
2.Iqtisodiy xarajatlar haqida turli yondashuvlarMilliy Iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baxolarda sotishga, balki maxsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi. Inson hayot kechirishi uchun moddiy ne'matlar va xizmatlar taqozo qilinadi. Moddiy ne'matlar yaratish o'z navbatida xarajat qilishni taqozo etadi. Har bir korxona, firma, (xo'jalik sub'ektlari) tovar ishlab chiqarish uchun ma'lum iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasini eng avallo resurslar cheklanganligini hamda ularni muqobil (alternativ) ishlatish imkoni bilan bog'liq. Masalan, yer resurs sifatida cheklangan. Undan turli maqsadda foydalanish mumkin. Uy qurish, korxona qurish, turli ekinlar ekish va h.k. Har bir xo'jalik sub'ekti u yoki bu resursni sotib olib ishlatar ekan, demak bu resursni boshqalar ishlata olmaydi. Resurslarni sotib olgach uni samarali ishlatish uchun harakat qiladilar. Xarajatlar korxona, firma faoliyatiga baho berishda, yetakchi ko'rsatkich hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma'lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya'ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
Moddiy xarajatlar;
Asosiy fondlar amortizatsiyasi;
Mehnatga xaq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
Ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
Boshqa xarajatlar;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60- 80 foizini tashkil qilishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
Xom ashyo va materiallar xarajatlari;
Texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
Xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;
Sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
Mashina va asbob-uskunalarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar;
Boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
Xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi
Yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik
Ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
Tabiiy xom ashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
Ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
Tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Iqtisodiyotning har qanday subyekti xarajat qilmay turib o’z faoliyatini yurgiza olmaydi. Lekin bu xarajatlar turlicha. Xonadon xarajatini oladigan bo’lsak, u iste’molga ketganidan keyin qaytarilib olinmaydi. Xuddi shuningdek, davlat xarajatlari xam qaytib kelmaydi, chunki u davlat iste’molini qondiradi. Ammo bundan davlat korxonalari, firmalarning xarjati bundan mustasnodir. Firmaning xarajatining o’ziga hosligi shundan iboratki bu o’rni qoplanadiga, ya’ni Tovar va xizmatlar sotilgach unga qaytib pul shaklida keladigan xarajatlardir. Firma qilgan bir yo’la xarajat uning o’z ishiga qo’ygan kapitalidir. Bu ishlab chiqarish jarayonida joriy xarajatlarga aylanadi. Demak, firma xarajati, bu uning kapitalining sarflanishi hisoblanadi. Xarajatsiz daromad topib bo’lmasligi bu iqtisodiyotning aksiomasidir. Daromad olish uchun firma, alohida bir shaxs, barcha subyektlar xarajat qilishi muharrar., chunki bu ishlab chiqarish resurslarini talab qiladi. Resurslar esa albatta ehson yoki suvtekin emas, ularni faqat bozor narxida sotib olish mumkin. Shu bois xarajat qilish bu firma uchun foyda olishning asosiy sharti, bo’g’iniga aylanadi. Firmaga qo’yilgan kapital ishlab chiqarish jarayonida joriy, kundalik, oylik va privovardida yillik xarajatlariga aylanadi.
Qisqacha qilib aytganda Firmaning xarajati- bu tovar va xizmatlar yaratish va ularni sotish bilan bog’liq bo’lgan sarflardir.Firmaning xarajatlari safiga biz firmaning ishlab chiqarish xarajatlarini kiritishimiz mumkin.