Insoniyatni tashvishga solayotgan ko`plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo`li bilangina hal qilinishi mumkin. Yu.Odum aytganidek "Ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turish faqatgina dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin".4
Shu bois, atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, ko`rsatmalar, qarorlar), ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta`limi asosida, nazoratlar va boshqaruv organlar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ushbu faoliyatning tashkil qilinishi va amalga oshirilishi ko`p jihatdan qonuniy ta`minlanishga boliqdir.
Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” deyiladi.
100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta`kidlangan. O`zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to`risida”gi qonun belgilab beradi.
Qonunga muvofiq O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
Tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Ushbu qonunda mamlakatda tabiiy muhitni saqlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilangan, tabiat bilan inson o`rtasidagi munosabatlarning me`yorda rivojlanishi maqsadida tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, fuqarolarni qulay tabiiy muhitga bo`lgan huquqini kafolatlash zarurligi o`qtirilgan.
Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo`yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. “Alohida tabiiy hududlarni muhofaza qilish to`risida”gi qonun asosan umumiy boyligimiz qo`riqlanadigan bo`lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi
Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Sanitar nazorati to`risida”, “Yer to`risida” qonunlari qabul qilindi, ularga O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o`zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.
5-rasm52008-2018 yillarda Iqtisodiyot tarmoqlarda ma’muriy hududlar bo‘yicha foydalanilgan suv to‘g‘risida hisobot. O`zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to`risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta`siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, korxonalar, dehqon xo`jaliklari va fuqarolarning suvga bo`lgan huquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
1994 yil 22 sentyabrda O`zbekiston Respublikasining “Qazilma boyliklar haqida” qonuni qabul qilindi1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonun qabul qilindi. Hozirda o`rmonlar, hayvonot olamini muhofaza qilish va foydalanish to`risida qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda. Yo`qolib borayotgan qimmatli va dorivor o`simliklar va noyob hayvonlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish va foydalanishni yaxshilash bo`yicha Vazirlar Mahkamasining Qarorlari mavjud. Ovchilik va baliq tutish tartiblari yuqorida ko`rsatilgan qonunlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliqchilik xo`jaliklarini boshqarish to`risida nizom, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida amalga oshiriladi.