1.Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilishning ahamiyati Ekologiyada muhit tushunchasi Ekologiyada muhit deb tirik organizmni o’rab turgan fizik qurshovni e’tiborga olinadi. Aniqroq so’z borganda muhit tevarak-atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar birbiri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan holatlarda bo’ladi. Tirik organizmlarning hayoti o’zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar barqaror holatida muvozanat o’zgarmaydi, aksincha, muhitning shart-sharoitlari ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi. Ekologik omillar va ularning tasnifi Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi:
1) abiotik omillar;
2) biotik omillar;
3) antropogen omillar.
Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va mahalliy omillar kiradi. Mahalliy omillarga rel’ef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi.
Biotik omillar – tirik organizmlarning o’zaro ta’sir etishining barcha ko’rinishlari (masalan, o’simliklarning hasharotlari yordamida changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol qilish, parazitlik) va ularning tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik o’zaro aloqa munosabatlar murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin.
Antropogen omillar – hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi. Antropogen omil deganda insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlar tushuniladi. Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni o’zgartirad