«iqtisodiyot» kafedrasi


-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi



Yüklə 289,04 Kb.
səhifə5/11
tarix05.05.2023
ölçüsü289,04 Kb.
#108345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

1-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi


Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko`rsatish yoki soliqlar to`lashda tadbirkorlar uchun ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda.
Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan ajralib turadi.
Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tad- birkorlik muhiti darajalariga bog`liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog`liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo`lmoqchi bo`lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko`rsatmoqda.
Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo`lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topmoqda.
Shularni nazarda tutgan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta`kidlaydi: «Erkin tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yo`lni ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yo`lida mavjud to`siqlarni olib tashlash lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo`l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o`zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor».
Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog`liq bo`lgan omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan.

    1. Yüklə 289,04 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin