«iqtisodiyot» kafedrasi


Tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari



Yüklə 289,04 Kb.
səhifə3/11
tarix05.05.2023
ölçüsü289,04 Kb.
#108345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari


Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir.


Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish kerak:

  • tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi;

  • tadbirkor samaradorlikni ta`minlovchi sa`y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi;

  • biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, oz biznesini erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi;

  • kichik korxonaning pirovard natijalari, ya`ni uning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi;

  • kichik biznes bilan shug`ullanuvchi tadbirkor o`z mablag`larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday bo`lishini aniq bilmaydi.

Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.
Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

  • tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;

  • tovar yoki xizmatlarning sifati;

  • tovar yoki xizmatlarning narxi;

  • tovarning universallik darajasi;

  • tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi;

  • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

  • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;

  • tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb qilishi va hokazo.

Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:

  • birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish;

  • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;

  • uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;

  • to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati;

  • beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.

Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u har xil shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi, an`anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo`llash mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi.
Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning qomusiy(enstiklopedik) lug`atida quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`-uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumla- dan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan shug`ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu
ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko`rsatishdan iboratligi ta`kidlangan.
Tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo`jalik faoliyati olib borayotgan sub`ektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

  • iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z hissasini qo`shishdir.

  • xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo`lishi mumkin.

Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo`lgan taklif va talab; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo`lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya`ni sotib olish imkoniyatiga ta`sir ko`rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Shuningdek, tadbikorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari) quyidagilar:

  • mustaqil fikrlash;

  • o`z kuchiga ishonish;

  • yaratuvchanlik, navatorlik qobiliyati;

  • tinimsiz izlanish;

  • tashabbus ko`rsatib ishlash;

  • mulkiy munosobatlarning ishtirokchisi bo`lish, ishlab chiqarish omillarining barchasiga yoki ba`zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.

  • javobgarlikni his etish;

  • iqtisodiy erkinlik, xo`jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan ta`minlash, oldi-sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda erkinlik.

  • iqtisodiy hatti-harakatlar uchun ma`suliyatni o`z zimmasiga olish: ish natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga qo`l urush.

  • foyda olishga intilish: foydaga erishish chora-tadbirlarini ko`rish, olingan foydani o`z bilganicha ishlatish.

  • tijorat siriga ega bo`lish: biznesga oid va o`zgalarga

  • raqobat kurashida qatnashish: bozorda amal qiluvchi qoidalarga rioya etgan holda halol raqobatda qatnashib, uning g`irrom, yovvoyi usullaridan voz kechish.

  • halollik bilan ish yuritish, qalloblik, g`irromlik va aldamchilikka moyil bo`lmaslik. Obro` (imij)ga ega bo`lish, boshqalarga ishonish va boshqalar ishonchini qozonib shon-shuxrat orttirish, firma nomini e`zozlab, unga putur etkazmaslik, firmani obro`sizlantirmaslik.

  • tashqi muhit (soliq va boshqa tashkilotlar, o`z xodimlari va hokozalar) bilan yaxshi munosabat o`rnatish.

    1. Yüklə 289,04 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin