Iqtisodiyot kafedrasi


I.Bob. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati



Yüklə 50,83 Kb.
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü50,83 Kb.
#150901
1   2   3   4   5   6   7
Maftunaxon kurs ishi

I.Bob.
Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
Davlat qarzi— davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o’z daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi pay do bo’ladi va u qarz ko’tarish yo’li bilan qoplanadi. Davlat qarzini turli qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi.
Davlat qarzining to’lov davriga ko’ra:
a) qisqa muddatli
b) uzoq muddatli,
tarkibiga ko’ra:
a) ichki qarz (davlat mamlakatning o’zidagi iqtisodiy subyektlardan qarzdor bo’ladi)
b) tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalardan qarzdorlik) kabi turlari bor.
Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada to’lanadi. Davlat qarzining darajasi, ya’ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig’indisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan o’lchanadi, ya’ni
D.Q.D =(D.Q + S(%))/D.B.S.
Bunda: D.Q.B- davlat qarz darajasi, D.Q-davlat qarzi, S(%)-foiz summasi, D.B.S-davlat budjeti summasi.
To’lov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to’lash uchun zamr pul byudjetda soliklami oshirish orqali to’planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko’payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to’g’ri keladi. Vaqtida to’lanmagan tashqi qarzga qo’shimcha foiz to’lanadi, undiriladigan foiz qarzga qo’shilib, uning mikdori yanada oshadi.
Davlat qarzining bo’lishi uni boshqarishni taqozo etadi, ya’ni qarzni olish va to’lash bilan bog’liq muayyan chora tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Qarz va uning foizlarini to’lash uchun byudjetdan pul ajratish Davlat qarziga xizmat qilish deyiladi. Davlat qarzini to’lashdagi shartsharoitlarning o’zgarishi Davlat qarzining restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining o’zgarishi konversiya deyiladi. Qarz to’lash muddati cho’zilganda Davlat qarzi prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va Davlat qarzining konsolidatsiyasi yuz beradi. Davlat qarziga o’rin bo’lmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida bo’lishi lozim. Bunda taqchillikka yo’l berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi. O’zbekiston Respublikasi davlat qarzlarining hozirgi holati tahlili.
Davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.
2020 yilga kelib, O‘zbekistonning Xitoy oldidagi qarzi 3,006 milliard AQSh dollariga yetadi. Bu raqamlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet loyihasi”da keltirilgan.
Davlatning Xitoy oldidagi tashqi qarzlari 2015 yilning yanvar oyidan 2019 yilning yanvarigacha asta-sekin 1,055 milliarddan 1,964 milliard AQSh dollariga qadar o‘sib borgan. Ya’ni, yiliga taxminan 200-300 million AQSh dollari atrofida qarzdorlik qo‘shilgan. 2020 yilning boshiga kelib, bir yil uchun 1,042 milliard AQSh dollari yoki umumiy qarzning 53 foizi qarzdorlik sifatida qo‘shiladi.
Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng katta investorlardan biri hisoblanadi. 2018 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 6,4 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Shu yilning avgust oyida Xitoy va O‘zbekiston ustav fondi 1 milliard dollar bo‘lgan investitsiyaviy fond tuzishdi.
O‘zbekiston qarzdor bo‘lgan ikkinchi yirik davlat bu – Yaponiya. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu davlatdan 1,049 milliard AQSh dollari qarz bo‘lgan. 2020 yil boshida bu raqamlar 1,831 milliard AQSh dollariga o‘sadi. O’zbekiston davlat qarzining umumiy summasi. Mlrd. AQSH dollar
Xorijiy davlatlardan – 6,7 milliard AQSh dollari;



    1. Yüklə 50,83 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin