O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Sirtqi bo’lim
___________________________
|
|
Iqtisodiyot kafedrasi
_________________
|
Ro’yxatga olindi № __________
|
|
Ro’yxatga olindi № __________
|
“______” ___________2023 y.
|
|
“______” ___________2023 y.
|
Sirtqi bo’lim
IQTISODIYOT KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Davlat qarzi o'sishining makroiqtisodiy oqibatlari
Bajardi: MEK-59 guruh 4-bosqich talabasi: Qambarov Ziyovuddinxo'ja
Ilmiy rahbar:
Kurs ishiga taqriz topshirilgan sana
“__” _ 2023 y.
|
|
Kurs ishiga taqriz qaytarilgan sana
“___” _______ 2023 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“ ” 2023y. Baho ”
|
(imzo)
(imzo)
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
|
Toshkent – 2023
Mavzu: Davlat qarzi òsishining makro iqtisodiy oqibatlari
Reja:
Kirish
I. Bob. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati
1.1 O’zbekiston Respublikasi davlat qarzlarining hozirgi holati tahlili.
1.2 Davlat qarzlarini boshqarishning xorijiy tajribalari va ularni qo’llash masalalari.
II bob Davlat qarzini faol boshqarishning samarali ko’rinishlari va makroiqtisodiy oqibatlari
2.1. Davlat qarzining faol boshqarishda ochiqlik siyosati.
2 2. Davlat kreditining mazmun- mohiyati, funksiyalari va davlat qarzining makroiqtisodiy tasniflanishi
3. Bob. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Davlat qarzining kelib chiqish sabablari, uning miqdoran oshib yoki kamayib borishi har bir mamlakatning iqtisodiy siyosati, islohotlar qamrovi va dinamikasi bilan uzviy bogʻliq.
Keyingi oʻn yillikda dunyo mamlakatlarida tashqi qarzga boʻlgan talab nisbatan oshganligi hamda davlatlar oʻrtasida bu borada tafovutlar kuchayganligining bir qancha sabablari bor. Ulardan eng muhimlari sifatida jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishi, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi, iqtisodiy xavfsizlik masalalari, iqtisodiy qudrat bilan ijtimoiy talablar oʻrtasidagi nomutanosibliklar, moliyaviy manbalardan nooʻrin foydalanish natijasida byudjet taqchilligining oshib ketishi, favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus pandemiyasi kabi omillarni keltirish mumkin.
Dunyoda davlat qarzi masalasini chetlab oʻtib, rivojlanishga erishgan mamlakatni topish qiyin.
Odatda, davlat qarzi va uning dinamikasiga baho berilganda qarzning yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbati oʻrganiladi. Ushbu koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi Maastrixt (1992-yil 7-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt shahrida imzolangan) kelishuvi mezonlariga koʻra, 60 foiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Yevropa Ittifoqining koʻrsatmalariga muvofiq 50 foizdan ortmasligi tavsiya qilinadi.
Agar dunyodagi tashqi qarz geografiyasiga nazar tashlansa, davlat qarzining nisbiy va absolyut qiymatlariga koʻra eng yuqori daraja AQSH, Yaponiya, va Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Ularning aksariyatida mamlakat ashlansa, davlat qarzining nisbiy va absolyut qiymatlariga koʻra eng yuqori daraja AQSH, Yaponiya, va Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Ularning aksariyatida mamlakat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 60 foizlik “qizil chiziq”dan allaqachon oshib boʻlgan, ayrimlarida esa 100 foizdan ham ortiqligini kuzatish mumkin. AQSH hamda YEI mamlakatlari qarzni koʻproq tashqi bozorlardan olishni maʼqul koʻrsa, Yaponiya va ildam rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari) ichki bozordan olingan qarzlar hisobiga iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga boʻlgan talabini qondiradi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiya mablagʻlarining aksariyat qismi korporativ qarzlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Tashqi qarz “oldi-berdi”si jahon amaliyotida keng qoʻllanilib kelayotgan moliyaviy vositalardan boʻlib qolayotganligiga qaramasdan davlat byudjeti kamomadini toʻldirishda undan foydalanishning xavf-xatarlarini ham xolisona eʼtiborga olish lozim. Rivojlanayotgan davlatlar uchun tashqi qarz ulushining keskin koʻtarilishi xalqaro moliyaviy tuzilmalarga nisbatan iqtisodiy va siyosiy qaramlikni keltirib chiqarishi yoki kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, qarz miqdorining koʻpayishda davom etishi davlat tomonidan qarzlarni qaytarishda byudjet yukining ortib borishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, korporativ qarzlarning ichki va tashqi bozorlardan jalb qilinishi hamda samarasiz loyihalarga sarflanishi yoki makroiqtisodiy konyunkturaning (masalan, inflyatsiya darajasi, iqtisodiy oʻsish surʼati, milliy valyuta kurslari) keskin oʻzgarishi natijasida iqtisodiyotda salbiy holatlar yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |