Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi


-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari



Yüklə 119,69 Kb.
səhifə9/21
tarix09.11.2022
ölçüsü119,69 Kb.
#68142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi

2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, yo‘llari va milliy modellari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri deganda ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki bu vaqtga kelib G‘arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya’ni umumjahon voqeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish murakkab jarayon, shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari, yo‘nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi omillarga bog‘liq:

  • Geografik o‘rni;

  • Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zahirasi;

  • Tarixiy taraqqiyot darajasi;

  • Aholining an’analari va urf-odatlari;

  • Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi;

  • Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi.

SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari bo‘lib, bular:

  • Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi;

  • Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi;

  • Raqobat kurashiga asoslanishi;

  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat.

Bozor iqtisodiyoti barcha mamalakatlarda o‘z xususiyatlari va umumiy tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat bo‘lib, ilmiy iqtisodiyotda har hil model (andoza) tarzida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3 guruhga bo‘lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni qilib:

  • Davlat dasturlarining maqsadi, yo‘nalishi;

  • Iqtisodiyotni tartibga solish usullari;  Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi;  Ish haqidagi farq kabilar olinadi.


Yüklə 119,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin