1.Iqtisodiyotning bosh masalasi va doimiy muammosi: a) nima, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish;
b) ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qancha ishchi kuchi sarflash kerak;
v) davlatning milliy daromadini qanday oshirish mumkin;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganish;
v)iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganish;
g) huquqiy munosabatlarni o‘rganish;
d) tabiiy jarayon va hodisalarni o‘rganish.
3. Ehtiyoj - bu........ a) talab;
b) hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat;
v) iste’mol jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vosita;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
4. Ishlab chiqarishning asosiy omillari: b) xom-ashyo va ishlab chiqarish texnologiyasi;
v) mehnat va ishlab chiqarish resurslari;
g) ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyati;
d) hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi? a) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
b)ishlab chiqarish natijalari umumiy sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
g) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar bilan taqqoslanadi;
d) barcha javoblar to‘g‘ri.
6. Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshiriladi? a) ommaviy xususiylashtirish amalga oshiriladi;
b) kichik xususiylashtirish amalga oshiriladi;
g) ko‘p ukladli iqtisodiyot real shakllanadi;
d) xususiy mulk hukmron shaklga aylanadi.
7. Tovar qiymati qanday mehnat sarflarini ifodalaydi? b) zaruriy;
v) qo‘shimcha;
g) ijtimoiy-zaruriy;
d) umumiy.