Iqtisodiyot nazariyasi maxmudov shoxzod



Yüklə 336,44 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü336,44 Kb.
#97129
shohzod jamg`arma

MAXMUDOV SHOXZODNING “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN TAYORLAGAN SLAYDI

MAVZU:ISTE`MOL VA JAMG`ARMA

REJA:

  • 1-Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
  • 2-Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
SHaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
YAkka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi.
SHunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. SHu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. «Jamg‘arish» va «kapital qo‘yilma» yoki «investitsion sarflar» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital qo‘yilma yoki investitsiyalarning chegaralari jamg‘arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya’ni eskirgan ob’ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, «jamg‘arish» tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek, ehtiyot zahiralarining kengayishini ham anglatadi.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 336,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin