9 mavzu: Jahon xo‘jaligi va iqtisodiy integratsiya. Jahon xo‘jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi. Xalqaro mehnat taqsimoti. Globallashuv jarayonining mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni, asosiy shakllari va rivojlanish omillari. Ochiq iqtisodiyot va uning o‘ziga xos belgilari. Xalqaro savdoning mazmuni. To‘lov balansi va uning tarkibi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Valyuta kursi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishining shart-sharoitlari.
III. Seminar mashg'ulotlari bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar Seminar mashg'ulotlar uchun quydagi mavzular tavsiya etiladi:
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari va rivojlanishida iqtisodiy ta'limotlarning o'rni. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiy tizim modellari va mulkchilik. Tovar-pul munosabatlari.
Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi. Talab va taklif nazariyasi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti yangiliklari va o‘zgarishlari.
Seminar mashg'ulotlar multimedia qurilmalari jihozlari bilan jihozlangan auditoriyalarda har bir akademik guruhga alohida o'tiladi. Mashg'ulotlarda faol va interfaol usullar qo'llaniladi. "Loyihali o'qitish", "Keys-stadi" va boshqa texnologiyalaridan foydalaniladi. Tarqatma materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.