DAVLAT QARZINI QAYTA MOLIYALAShTIRISh - hukumat obligatsiyalarni sotib olish muddati kelganda yangi obligatsiyalarni chiqarib sotadi. Undan kelgan tushumni muddati kelgan obligatsiyalarni sotib olishga sarf qiladi.
DAVLATNING SOLIQ SIYOSATI - davlat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlarning turi va ularni yig’ib olish yo’llari hamda usullarini tashkil etish borasidagi siyosat.
DAROMAD SOLIG’I - yalpi daromadga solinadi, unda moddiy sarf xarajatlar va soliq imtiyozlari chegirib qolinadi. Daromad solig’i asosan ish xaqi berilishi va daromadning boshqa turlarida, shuningdek, maxsus moliya tashkilotlariga manbalarini ko’rsatgan holda barcha ishlab topilgan summani o’z ichiga olgan daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish chog’ida chegirib qolish yo’li bilan undiriladi.