1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
PROPORSIONAL SOLIQ – soliqqa tortilayotgan obyekt hajmiga proporsional bo’lgan yagona stavkali soliq hisoblanadi.
REAL SOLIQ – to’g’ri soliq bo’lib, soliq to’lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortish orqali undiriladi.
REGRESSIV SOLIQ- soliq turi, unga binoan yuqori daromadga qaraganda past daromaddan ko’proq foiz undirib olinadi. Masalan, hamma egri soliqlar kabi sotishga soliq turi daromadi yuqori shaxslarga nisbatan daromadi past insonlarning yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushadi. Chunki bu soliqni hamma iste’molchilar daromadidan qat’iy nazar to’laydi. Shuning uchun bilvosita (egri) soliqlar regressiv tasnifga ega bo’ladi.