Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 119,01 Kb.
səhifə118/179
tarix02.01.2022
ölçüsü119,01 Kb.
#43428
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179
1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t

TO’G’RI SOLIQLAR - to’g’ridan-to’g’ri ochiq daromad yoki mulkka solinadigan soliq, ularni to’lovchi va undiruvchi bir-birlarini oldindan biladilar. To’g’ri soliqlarga daromad, mol-mulk, transport vositalariga soliqlar va shu kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

ShAXSIY DAROMADDAN SOLIQ - uy xo’jaligi va korxonalarning mol mulklari va xizmatlaridan olgan daromaddan to’lanadigan soliq

SOLIQLAR - davlatning korxona va tashkilotlardan hamda aholidan undiradigan pul mablag’laridir. Soliq ikki vazifani o’taydi: fiskal va iqtisodiy. Uning fiskal vazifasi asosiy bo’lib, u hamma davlatlarga xos. U davlat pul daromadlarini shakllantirishi va davlat harakati uchun moddiy asos yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy vazifasi soliqlar ishlab chiqarishni tartibga soluvchi vosita sifatida qo’llashda namoyon bo’ladi. Uning yordamida iqtisodiy o’sish sur’atlarini tiyib turish yoki rag’batlantirish kapital jamg’arishni ko’paytirish yoki susaytirish, aholini to’lashga qodir talabini o’stirish yoki kamaytirish mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri ochiq daromad yoki mulklarga solinadi. Bu turdagi soliqlarga korxona va tashkilotlardan olinadigan daromad solig’i, mol-mulk daromadi, aholidan daromad solig’i va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Egri, soliqlar tovar mol-mulki narhidan qimmatga, ustga qo’yib sotish yordamida davlat xazinasiga kelib tushadigan soliqlardir. Masalan, aksizlar, bojlar va boshqalar.

SSUDA - foiz to’lash sharti bilan qarzga berilgan pul mablag’lari. Masalan, tadbirkor bankdan 200 ming so’m ssuda oladi. U bir yilga 10 foiz sharti bilan byerilgan deb faraz qilamiz. Demak, tadbirkor bir yildan keyin 200 ming emas, balki 220 ming so’mni bankka qaytarishi shart.

SUBSIDIYA - muhtoj xo’jaliklarga alohida yordam ko’rsatish uchun davlat iqtisodiy sarflarining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U iqtisodiyotni tartibga solish vositasi hisoblanadi, uning maqsadi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam ko’rsatishdir. Masalan, o’ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlarni, ekologik muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni ko’paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zahirasini hosil etishda subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo’l bilan berilishi mumkin: a) bevosita byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz berish va boshqalar).


Yüklə 119,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin