EGRI SOLIQLAR - sotilayotgan tovar va xizmatlar narxiga ustama qilib belgilanadigan soliq. Ular tovar yoki xizmatning bahosini oshiradi. Egri soliqlar ishlab chiqaruvchilar to’layotganday bo’ladi, aslida esa ularni iste’molchilar to’laydilar. Egri soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz, chetga chiqarib sotiladigan xom ashyo tovarlarga soliq, eksport solig’i va shu kabilar kiradi.
EMITENT- qimmatbaho qog’ozlar chiqaruvchi tashkilot yoki korxona.
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI - daromad keltiruvchi qimmatbaho qog’ozlar - aksiya, obligatsiya, veksel, chek va h. k. oldi-sotti qilishdir. Qimmatbaho qog’ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat buladi. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida maklyer-brokyerlar vositachilik qiladilar. Qimmatbaho qog’ozlar bozori milliy va jahon bozoridan iborat. Nyu-York fond birjasi amalda xalqaro qimmatli qog’ozlar bozoridan iborat. O’zbekistonda ham qimmatli qog’ozlar-bozori shakllanib bormoqda.
EMISSIYA - muomalaga pul va qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish. Emissiya xuquqi markaziy hukumat ixtiyorida bo’ladi. Byudjet tushumlari xarajatlarni qoplamagan holda ishlatiladi. Xo’jalik oboroti ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lmagan pullarni chiqarish, pul massasi ko’payib ketishiga olib keladi.