1- mavzu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti. Iqtisodiy t
OChIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR - markaziy bank tomonidan davlat qimmatbaho qog’ozlarini sotish va xarid qilish, pul kredit siyosatini amalga oshirish usullaridan biri. Markaziy bank nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. Markaziy bank xazinadagi qimmatbaho qog’ozlarini sotish (agarda muomalada pul ko’p bo’lsa) va xarid qilish (agarda muomalada pul kam bo’lsa) yo’li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozoridagi talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi.
PUL - hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan umumiy ekvivalent bo’lmish maxsus tovar. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko’ra 3 xil xususiyatga ega: a) hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim harid vositasi; b) boylik timsoli; v) mehnatni qiymat shaklida o’lchab boradigan vosita.