VALYUTA SAVATI – chet el valyutalarini milliy valyutaga kotirovka qilishda ishlatiladigan valyutalar yig’indisi.
VALYUTA TIZIMI – valyutaning amal qilishiga xizmat qiladigan iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning yig’indisi.
IMPORT (lot. kiritaman) - mamlakatga sotish uchun xorijiy mamlakatlardan tovarlar va xizmatlarni keltirish. Agar eksport qiymati importdan ortiq bo’lsa, mamlakatning tashqi savdo balansi faol hisoblanadi.
IMPORT КVOTASI - boshqa mamlakatlardan tovarlarni olib kirishga miqdoriy limit. Davlatning proteksionistik siyosatini amalga oshirish vositalaridan biri. Masalan, hozirda AQSh yapon avtomobillarini mamlakatga olib kirishni miqdoriy cheklab qo’ygan. O’sha belgilangan miqdordan (kvota) ortiq yapon avtomobillari AQShda sotilmaydi.
IMPORT POShLINASI - import qilinayotgan tovarga soliq. Davlat proteksionist siyosatini olib borish vositalaridan biri.
TO’LOV BALANSI- mamlakatni butun halqaro iqtisodiy faoliyati natijalarini o’zida aks ettiruvchi balans. Xalqaro valyuta fondining klassifikatsiyasi bo’yicha to’lov balansi o’z ichiga: a) joriy operatsiyalar balansi; b) pul kapitallari balansi; v) rasmiy valyuta rezervlaridagi o’zgarishlarni qamrab oladi. Umuman olganda, har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyutalarni xarid qilish, sotish bilan bog’liq, binobarin davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy valyutalarni kelib tushishi va sarflanishida o’z aksini topadi. Shuning uchun to’lov balansida valyutalarni kelib tushishi ( + ) sarf qilinishi ( - ) bilan belgilanadi (qarang, joriy operatsiyalar balansi, kapitallar harakati balansi).