DEVALVATSIYA - milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishidir; valyutalarning rasmiy qiymati ularning oltin ta’minotini taqqoslash bilan belgilangan davr - (1978 yil)gacha devalvatsiya - pul birligining tarkibidagi oltin xissasini kamaytirish yo’li bilan amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda esa u barcha erkin almashinadigan valyutalar (odatda, AQSh dollari, Germaniya markasi, Angliya funt sterlingi va boshqalar)ga nisbatan pasaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
DEFLYATSIYA- muomaladagi ortiqcha qog’oz pulni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan pul ko’lamini kamaytirish.
VALYUTA КURSI - muayyan mamlakat pul birligining boshqa bir mamlakat pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursining ikki turi mavjud: 1. Qat’iy qayd etilgan. 2. O’zgarib turadigan. Qat’iy qayd etilgan valyuta kursi - valyuta bozorlari va valyuta kursini aniqlash ishida davlatning aralashuviga asoslanadi. O’zgarib turadigan valyuta kursi esa, butunlay valyuta bozoridagi u yoki bu valyutaga bo’lgan erkin talab va taklifga asoslanadi.