Asosiy tayanch tushunchalar Iqtisodiyot - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog'liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligidir.
Ehtiyoj — insonlarning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo'lgan zaruriyatdir.
Iqtisodiy resurslar — ma'lum davrda ma'lum bir mamlakat ixtiyorida to'plangan va mavjud bo'lgan ipshab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va iste'mol jarayonlarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan vositalar, qo'r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir.