Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlari tizimini, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun -qoidalarini o'rganishdan iboratdir.
Uslubiyat — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning prinsiplari, yo'llari, qonun — qoidalari, aniq xadislari tizimidir.
Ilmiy abstraksiya — iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo'llaniladigan usullardan biri bo'lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqyea — hodisalarni e'tibordan chetlashtirib, asosiy o'rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi iima?
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta'rif bering.
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari xisoblanadi?
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o'rin tutadi?
6. Iqtisodiyot nazariyasini o'rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
7. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy taxlil o'rtasidagi farq nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: |