1-mavzu: Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va natijalari reja



Yüklə 283,17 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü283,17 Kb.
#188656
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va nati


1-MAVZU: Iqtisodiyotga kirish. Ishlab chiqarish jarayoni va natijalari
REJA:



  1. Iqtisodiyot va iqtisodiy faoliyat.

  2. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi.

  3. Iqtisodiy fanlarning shakllanishida asosiy g’oyaviy oqimlar

  4. Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish.

Iqtisodiyot, iqtisodiy faoliyat, takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari, ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, tajriba o‘tkazish, tarixiylik, mantiqiylik, iqtisodiy-matematik modellashtirish.




Iqtisodiyot - bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hamda ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va inf r atu zu lmaviy muassasalarning nia’lum darajada tartibga solingan tizimidir.
Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik nuqtai- nazardan olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim- kechak va oddiy boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayo’ligan zamonaviy jamiyatda insonlar o’z turmush-tarzini va yashash-sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq xizmatlar va mahsulotlarga talab sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi ehiroyli qadoqlangan suv, salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar ormonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki hushliro salatlar, mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim- kechaklarni emas, balki qimmatbaho kiyim-kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta.
Lekin oddiy haqiqat shun dan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondmsh uchun bizdagi mavjud resurslar chegaralangan. Endi biz tanlashga majburmiz. Shu achchiq haqiqat iqtisodiyo’t iborasini tushunishga yordam beradi va o’z o’rnida, iqtisodiyo’t termini hom-ashyo va resurslar insonlarni butun ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan1
Iqtisodiyo’t fani - iste’molchilar, ishlab - chiqaruvchilar va jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday musodara qilishini o’rgatadigan ijtimoiy fan hisoblanadi. Boshqacha aytganda bu zaruriy hayo’tiy ne’mat va vositalarni yaratish yo‘li bilan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi xo‘jalik tizimlari majmuasidir. Har qanday iqtisodiyo’t bir qator zaruriy bo‘g‘inlar va umumiy tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Bular ichidan ishlab chiqarishning texnologik usuli, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy - iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashish, jamiyatning iqtisodiy resurs salohiyati va ustqurmaviy tuzilmalarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo'jaligi doirasida roy bergan. Shuning uchun iqtisodiyo’t deganda uy xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushinilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyo’t faqat uy xo‘jaligi doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki yirik xususiy va jamoa xo’jaliklari, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklari, moliya va bank tizimlari, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, qo‘shma korxonalar, hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan, juda murakkab tuzilma hisoblanadi.

Yüklə 283,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin